Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Oktyabr 2024

8-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

180 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 159,3 mlrd so'm bo'lgan 256 ta lot 184,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 1 ta 
  • boshlang'ich narxi 450 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m 
  • Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 450,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma’muriy bino 2,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 7 ta 
  • boshlang'ich narxi 100,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 105,9 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 98 mlrd so‘m bo‘lgan "Mikrokreditbank" ATB balansidagi bino 102,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 49 ta 
  • boshlang'ich narxi 699,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 823,8 mln so‘m 
  • Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 290,6 mln so‘m bo‘lgan Toshkent farmatsevtika instituti balansidagi bino qismi 319,7 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 142 ta 
  • boshlang'ich narxi 53,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 70,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,6 ga 
  • Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich narxi 36,4 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 1,31 gektar yеr uchastkasi 52,7 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 12 ta 
  • boshlang'ich narx 184 mln so'm
  • sotilgan narx 219 mln so'm
  • yer maydoni 83 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 17 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2 mlrd so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 719 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,4 trln so'm bo'lgan 143 907 ta lot savdoga qo'yilgan.

4310 Chop etish