Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Mart 2025

Davaktiv agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro ISO 37001:2016 standarti sertifikatini yangiladi

Davaktiv agentligida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan Korrupsiyaga qarshi menejment tizimining muvofiqlik sertifikatini topshirish yuzasidan “Management Certification” MCHJning Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbari R.Xakimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: ISO 37001:2016 - bu tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni oʻz ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi va 3 yil muddatga beriladi.

ISO 37001:2016 sertifikati Davaktiv agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblangan davlat mulkini boshqarish, hisobini yuritish va xususiylashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholovchi va rieltorlar xizmatini sertifikatlashtirish yoʻnalishlarida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standart talablariga muvofiqligini koʻrsatadi.

Uchrashuvda tomonlar mazkur xalqaro sertifikatning ahamiyati, xalqaro standart talablari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar, nazorat auditini oʻtkazish tartibi, oʻzaro hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashishdi.

Uchrashuv yakunida, Davaktiv agentligiga korrupsiyaga qarshi menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan xalqaro va milliy sertifikatlar topshirildi.

83 Chop etish